14:22 / 04.04.2016
1827

Short-trek sport turi bo‘yicha sobiq jahon chempioni janubiy koreyalik No Jin Gyu 23 yoshida vafot etdi.

2013 yili aniqlangan saraton xastaligi sportchini hayotdan olib ketdi, deb xabar beradi Reuters.

O‘ng yelkadagi o‘smani olib tashlash bilan bog‘liq jarrohlik amaliyoti rejasi 2014 yilgi Sochi Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish tufayli ortga surilgan edi. Biroq o‘yinga bir oy qolganda sportchi tirsagini sindirib olib, Rossiyada o‘tgan o‘yinlarda qatnasha olmadi. O‘shanda osteosarkoma (suyakning o‘sma saratoni) 13 santimetrgacha o‘sib ketgani ma'lum bo‘lgandi.

2015 yili jarrohlik amaliyotidan so‘ng No Jin Gyuning ahvoli yaxshilanadi. U 2022 yilda Pekin Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishni maqsad qilgan edi. Lekin birdan uning sog‘ligi yomonlashdi.

Marhum sportchi 2011 yili 1500 va 3000 metrli masofada jahon rekordlarini o‘rnatgan. Shu yil u ko‘pkurash bo‘yicha jahon chempionatida ham g‘olib bo‘lgan.

Top