20:30 / 04.04.2016
1606

Shtaynmayyer 5 aprel kuni Tog‘li Qorabog‘ masalasi bo‘yicha Minsk guruhi uchrashuvi o‘tkazilishini tasdiqladi

Germaniya TIV rahbari va YeXHTning (Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti) amaldagi raisi Frank-Valter Shtaynmayyer tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ muammosi bo‘yicha Minsk guruhi uchrashuvi Vena shahrida 5 aprel kuni o‘takazilishi haqida ma'lum qildi.

U bu uchrashuv tomonlarning elchilari ishtirokida o‘tkazilishini aytgan.

Shtaymayyerning qo‘shimcha qilishicha, Tog‘li Qorabog‘dagi ziddiyat xavfli va bu xavf mintaqa bo‘ylab kengayishi mumkin.

Bundan oldinroq, Fransiya 5 aprel kungi uchrashuvda ishtirok etishini ma'lum qilgandi.

Top