16:35 / 04.04.2016
1981

Tesla va Boeing: qaysi biri tez?

Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi, o‘zining youtube.com dagi sahifasiga yana bir original videorolik joylashtirdi. Unda Tesla Model S elektromobili Boeing 737 samolyoti bilan kimo‘zarga bahslashadi.

Aytish joizki, garchi Ilon Mask kompaniyasi mahsuloti 3 soniya ichida tezligini 100km/soatgacha chiqara olishiga qaramay, musobaqa yakunida Boeing 737 layneri havoga ko‘tarilib ketgani bois, g‘olib nomiga oydinlik kiritilmagan.

Lavhaning so‘ngida esa, Qantas va Tesla innovatsiyalarni joriy qilish va transport sohasida hamkorlik qilmoqda. Ushbu poygadan chiqadigan is gazi uchun Qantas Future Planet Program (Qantas Yer sayyorasi kelajagi dasturi) tomonidan tovon puli to‘langan, ma'nosidagi yozuvlarni o‘qish mumkin.

Top