20:26 / 04.04.2016
8487

Toshkentda yunon-rum va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi

Poytaxtimizda erkin, yunon-rum va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.

Yunon-rum kurashi bellashuvlarida Temurmirzo Mamajanov, Sirojiddin Esonov, Abdurazzoq Razzoqov, Behzod Tohirov, Jalgasboy Berdimuratov, Shahboz Tursunov, Davronbek Zarifov va Abbos Ibragimov oltin medal bilan taqdirlandi.

Erkin kurash bo‘yicha Temur Abdusattorov, Ramazon Ibodov, Jahongirmirzo Turopov, Ibrohim Mansurov, Oybek Maxsetboyev, Umid Hamroqulov, Temur Usmanoxunov, Rustam Jalolov hamda Sohibjon Zuhriddinov mamlakat chempioni bo‘ldi.

Xotin-qizlar kurashi bo‘yicha Sarvinoz To‘xtayeva, Asalxon Sobirova, Nodira Sobirova, Shahzoda Usmonova, Sevinch Isanova, Adiba O‘rozboyeva, Guloyim Shrazitdinova, Fotima Tursunmurotova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Top