00:40 / 04.04.2016
1499

Yaman prezidenti bosh vazirni iste'foga jo‘natdi

Yaman prezidenti Abd Rabbo Mansur Hodiy mamlakat bosh vaziri Holid Bahohni iste'foga jo‘natdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Buning sababi hozircha noma'lum.

Avvalroq Yamandagi husiychilar xarakati vakillari Saudiya Arabistoni bilan asirlar almashgani ma'lum qilingandi. Ta'kidlanishicha, husiychilar o‘zlarining 100 nafar jangchisi o‘rniga 9 nafar saudiyalik asirni topshirgan.

Top