15:42 / 05.04.2016
1840

116 yil oldin Toshkentda qattiq sovuq kuzatilgan

1900 yilning 4 aprel kuni Toshkentda shu kunga qadar eng minimal harorat — 22,4 daraja sovuq kuzatilgan.

O‘zgidromet bergan ma'lumotga ko‘ra, bu hozirgi kunga qadar shu kuni kuzatilgan rekord sovuq bo‘lgan. Bu yil esa 4 aprel kuni minimal harorat 7 daraja issiqni tashkil etdi.

6 va 8 aprel kunlari O‘zbekiston bo‘ylab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 7 va 9 aprel kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Hafta oxirida havo harorati kechasi 5-10, kunduzi — 15-20 daraja issiqni tashkil qiladi.

Top