11:47 / 05.04.2016
9615

Beshiktebratar va mushukning jangi tarmoqni zabt etdi

Tarmoqda beshiktebratar va mushukning hovlidagi jangi tasvirga olingan qiziq video paydo bo‘ldi.

Videoda xonaki mushuk hashoratni qiziqish bilan kuzatishi, ammo hujum qila olmasligini ko‘rish mumkin. Chunki hashorat mudofaaga o‘tib olgan va yaxshigina hujumlarni amalga oshiradi.

Bir oz vaqtdan so‘ng mushuk beshiktebratarga hujum qilishga ahd qiladi, lekin hashoratning qayta hujumi kutilmagan va hayratlanarli bo‘ldi.

Bundan tashqari, u raqibining ustiga chiqib olib, hovlida mushuk bilan aylandi.

Top