12:15 / 05.04.2016
1476

Janubiy Koreya 214 rusumli yana bir suvosti kemasini suvga tushirdi

Janubiy Koreya harbiy dengiz kuchlari "Son Von Il" suvosti kemasini qabul qilib oldi. U, shu rusumli harbiy kemalarning navbatdagi yettinchisidir. Harbiy dengiz kuchlari qo‘mondonligining ma'lum qilishicha, kemani suvga tushirish tantanali marosimi Hyundai Heavy Industries kompaniyasining Ulsan shahridagi bosh zavodida amalga oshirilgan.

"Suv sig‘imi 1800 tonna bo‘lgan ushbu submarina qurilishida eng so‘nggi yangiliklardan foydalanilgan va u qudratli qurol aslahalar bilan jihozlanadi. Bu o‘z navbatida, Koreya respublikasi mudofaa qobiliyatini yanada kuchaytiradi", - deyiladi qo‘mondonlik axborotida.

Unda aytilishicha, Koreyaning Yaponiyadan mustaqilligi uchun kurash qahramonlaridan biri sharafiga "Xon Bom Do" deb nomlangan yana bir shunday suvosti kemasi torpedalar va "zamonaviy boshqariluvchi raketalar" bilan jihozlanadi. Kemaning uzunligi 65 metr bo‘lib, eni 6,3 metrni tashkil etadi. U soatiga 38 kilometrni bosib o‘ta oladi.

Yangi suvosti kemasi 2017 yil iyul oyigacha sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra jangovar safga qabul qilinadi.

Top