11:53 / 05.04.2016
1626

OAV: IShID terrorchilari Yevropaga kimyoviy hujum qilishni rejalashtirmoqda

IShID terrorchilik tashkiloti jangarilari Yevropaga yangi kimyoviy hujum uyushtirish maqsadida shunday qurol ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Marokash terrorizmga qarshi kurash xizmati rahbari Abdulhaq Xiam The Sun nashriga bergan intervyusida bayonot bergan.

Xiamning bildirishicha, uning xizmati o‘tgan yili Marokashda tashkilotning 25ta mitti guruhlarini yo‘q qilgan. Bundan tashqari, shu yilning fevral oyida amalga oshirilgan maxsus amaliyotlar chog‘ida iprit gazi qoldig‘i qo‘lga kiritilgan. Keyinroq aniqlanishicha, ushbu guruh Marokashning to‘rtta shahrida kimyoviy xurujni rejalashtirgan.

"IShID bu usuldan Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlarida ham foydalanishi mumkinligi aytilgan. Tashkilot qoshida xudkush bolalar bo‘linmasi borligi ham ayni paytda sir emas. Shunday ekan, ulardan Yevropadagi hujumlarda foydalanilsa, ajablanmayman. Kimyoviy qurolga kelsak, terrorchilar uni osongina yasashlariga guvoh bo‘lganmiz", — deb aytgan Xiam suhbat chog‘ida.

Uning qayd etishicha, Marokash terrorchilari yonidan topilgan va iprit ishlab chiqarish uchun lozim bo‘lgan moddalarni Yevropa do‘konlarida bemalol xarid qilish mumkin. Jangarilar esa bundan g‘arazli niyatlarida foydalanmaydi, deb hech kim kafolat bermaydi.

Bundan avvalroq, Pentagon ma'muriyati, Amerika maxsus xizmatlari tomonidan IShIDning kimyoviy qurol ishlab chiqarish bo‘yicha bosh mutaxassisi qo‘lga olinganini tasdiqlagan edi.

Top