14:47 / 05.04.2016
2172

Olimlar qo‘ziqorin chivinlarning o‘zgacha rangli yangi turini aniqlashdi

Olimlar qo‘ziqorin chivinlarning avval ma'lum bo‘lmagan o‘zgacha rangli yangi turini aniqlashdi. Hashorat Germaniyada joylashgan Aleksandr Kyonig nomidagi ilmiy-tadqiqot muzeyining bog‘ida tutib olingan.

Yangi tur Ctenosciara alexanderkoenigi nomini oldi va uning tavsifi haqida Biodiversity Data Journal ilmiy jurnalidan topish mumkin.

Tadqiqotchilarning xabariga ko‘ra, hashoratni ko‘rishlari bilan ularning oldida avval ma'lum bo‘lmagan yangi tur vakili turganini tushinishgan. Ko‘plab shu turdagi chivinlar jigarrang bo‘lib, faqatgina yevropa chivinining rangi och olov rangda. Ctenosciara alexanderkoenigi rangi esa qizg‘ish va qora chiziqlar bilan birga oq-sariq tusni olgan.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, endi ular hashorat "Germaniyada avvaldan istiqomat qilganmi?” yoki "Yevropaga uzoqlardan olib kelinganmi?" savoliga javob topishlari lozim.

Tadqiqotchilar chivinning vatani Okeaniya bo‘lishi mumkinligini ham inkor etishmayapti.

Top