17:27 / 05.04.2016
2529

Urgut yaqinida 4,8 magnitudali zilzila qayd etildi

O‘zbekistonning turli nuqtalarida 5 aprel kuni soat 17:12da kuchsiz yer qimirlashi sezildi.

Soat 17:13da tvitter foydalanuvchilari zilzila haqida yoza boshlashdi.

Qashqadaryo, Samarqand va Toshkentda yashovchilar taxminan 3-4 ball atrofidagi yer qimirlashini qayd etishgan.

O‘rta Yer dengizi-Osiyo seysmologiya markazi saytidagi ma'lumotga ko‘ra, bu zilzila o‘chog‘i O‘zbekiston sharqida deb qayd etilgan.

4,8 magnitudali bu zilzila o‘chog‘i Dushanbe shahridan 167 km, Samarqanddan 43 km, Urgut shahridan 18 km masofada joylashgan. Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lgan.

Top