09:09 / 05.04.2016
1656

Sud AQSh va BP kompaniyasi o‘rtasidagi neft oqib ketishi uchun tovon puli to‘lash bo‘yicha kelishuvni ma'qulladi

Yangi Orlean sudi neft oqib ketishi uchun AQSh va Britaniyaning BP neft kompaniyasi o‘rtasidagi 20 mlrd dollarlik tovon puli to‘lash haqidagi kelishuvini ma'qulladi. Neft 2010 yilda Meksika bo‘g‘ozida oqib ketgandi. Bu haqda NBC News telekompaniyasi xabar bermoqda.

2010 yil aprelda bo‘g‘ozda BP’ning neft platformasidagi portlash oqibatida 11 kishi halok bo‘lgandi va 5 mln barrelga yaqin neft Atlantika okeaniga oqib ketgandi.

AQSh bosh prokurori Loretta Linch BP munosib jazo olganini hamda atrof-muhitga va mintaqa iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazgani uchun katta miqdorda tovon puli to‘lashini aytdi.

Kompaniyaning o‘zida sudning kelishuvni ma'qullash bo‘yicha qaroridan ko‘ngillari to‘qligi va 2015 yil yozda e'lon qilingan tartibga solish jarayonini yakunlashlari aytildi.

O‘tgan yil oktabrida kompaniya Meskika bo‘g‘ozida neft oqib ketgani uchun 20,8 mlrd dollardan ko‘proq tovon puli to‘lashi ma'lum qilingandi. Tovon puli 16 yil davomida to‘lab beriladi.

Top