08:26 / 05.04.2016
1691

Tiago Silva: «Bir marta Zlatan Gattuzoning yuzini urnaga qaratib qo‘ygandi»

«PSJ» himoyachisi Tiago Silva o‘z jamoadoshi Zlatan Ibrahimovichning Milandagi hangomalardan birini esladi.

«Bu tarixning bosh qahramoni – Zlatan. Bu ish «Milan»da bo‘lib o‘tgandi.

Kunlardan birida Gattuzo butun mashg‘ulot davomida Ibrahimovichning jig‘iga tegdi. U Zlatanni hadeb tepar, lekin Zlatan javob qaytarmasdi. Uning qasosi biroz keyinroq bo‘ldi.

Mashg‘ulotlardan keyin, kiyim almashtirish xonasida Ibrahimovich va Gattuzo yuzma-yuz kelib qolishadi. Zlatan esa o‘zini xafa qilgan Jyennaroni dast ko‘tarib, uning yuzini burchakdagi chiqindi tashlanadigan idishga qaratib qo‘ygandi.

Bu juda qiziq voqea edi, barchamiz kulishni boshladik, Jyennaroning yuzini tasavvur qilib ko‘ring. Ont ichishim mumkinki, men o‘shanda 1 hafta davomida bu hazilni eslab kulib yurgandim», – deydi Silva.

Top