21:08 / 05.04.2016
1550

TIVda Xitoy elchisi bilan ShHT doirasidagi munosabatlar muhokama qilindi

2016 yilning 5 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Sun Lijie bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi hamda O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotida raisligi doirasidagi bo‘lajak tadbirlar doirasida rejalashtirilgan turli darajalardagi uchrashuvlar yuzasidan fikr almashildi.

Top