19:09 / 05.04.2016
1572

Toyota va Microsoft “aqlli” avtomobillar ustida ishlamoqda

Yaponiya avtogiganti Toyota Motor Corp. va Amerika kompyuter korporatsiyasi Microsoft Corp. "aqlli" avtomobillar yaratishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Bu haqda TASS xabar berdi.

Nikkei gazetasining yozishicha, shu maqsadda qo‘shma kompaniya tashkil etiladi. Kompaniya Microsoft’ning ilg‘or texnologiyalari yordamida Toyota avtomobillaridan olingan ma'lumotlar qayta ishlanadi.

Loyiha maqsadlaridan biri – yanada mukammal boshqaruvchisiz mashina-robotlar, ularning ma'lumotlar bazasi faol yangilanish tizimi hamda navigatsiya tizimini yaratish. “Aqlli” mashinalar, shuningdek, o‘z haydovchilarining odatlari va ehtiyojlarini o‘rganish “qobiliyati”ga ega bo‘ladi.
Masalan, mashina ko‘p yuriladigan yo‘nalishlarni yodlab oladi va egasidan ruxsat so‘ragan holda o‘sha yerdagi avtoturargohdan joy buyurtma qiladi.
Avtomobil pulsni hisoblash orqali haydovchining sog‘lig‘ini ham nazorat qiladi.

Top