19:23 / 05.04.2016
2163

OAV: Vazni 35 kilogramm bo‘lib qolgan Joli shifoxonaga yotqizildi

Hollivud aktrisasi Anjyelina Joli 5 aprel kuni og‘ir ahvolda shifoxonaga olib kelingan. Bu haqda The National Enquirer xabar berdi.

Unga shifokorlar qanday tashxis qo‘yishgani aniq aytilmagan.

Mahalliy nashrlarda aytilishicha, 40 yoshli aktrisa saraton xastaligi bilan og‘rimoqda.

Aktrisaning vakillari va shifoxona vakillari hozircha bu ma'lumot bo‘yicha izoh berishmagan.

Bundan oldinroq, aktrisaning vazni 35 kilogramm bo‘lib qolgani, bo‘yi esa 169 santimetrni tashkil qilayotgani haqida ma'lum qilingandi.

Eslatib o‘tish kerakki, aktrisa saraton xavfi tufayli ko‘kraklarini kestirgandi.

Aktrisaning so‘nggi fotosuratlari uning muxlislari o‘rtasida vahima keltirib chiqargandi.

Top