20:26 / 06.04.2016
4339

Betmenni gavdalantirgan 8 aktyor

Betmen rasman 1939 yilning mayida millioner Bryus Ueyn jinoyat bilan kurashga kirishganida dunyoga kelgan.

Bu obraz kinochilar tomonidan turli davrlarda talqin etildi. Ba'zilari omadsiz chiqqan bo‘lsa, boshqalari shedevrga aylandi. Betmenning navbatdagi tarixi unga boshqacha ko‘z bilan qarash imkonini beradi. Bu safar uni Ben Afflek ijro etdi.

Sakkiz aktyorning har biri muxlislar uchun alohida mavzuga aylanadi.

Lyuis Uilson
"Betmen", tv-shou. 1943
Detective Somics’da ilk ko‘rinish berganidan 4 yil o‘tib, Betmen televizor ekranlariga ko‘chadi. Bosh rolni Lyuis Uilson ijro etdi. Syujyetga ko‘ra, Betmen - AQSh hukumatining maxsus agenti, ikkinchi jahon urushi paytida yapon ayg‘oqchisi Doktor Dak bilan kurashga kirishadi. Serialda birinchi marta qadimiy soat bilan to‘silgan Betmen g‘ori, xizmatkor Alfred namoyon bo‘ldi.

Robert Louri
"Betmen va Robin", tv-shou. 1949
Ikkinchi Betmen o‘zining ozg‘in bo‘y-basti bilan ajralib turgan, lekin Lyuis Uilsonchalik muvaffaqiyatga sazovor bo‘lmagan.
"Betmen va Robin" 1943 yilda olingan "Betmen" serialining davomi sifatida ekranga chiqdi. Byudjyetning kamligi va ssenariynavislarning loyihaga jiddiy yondashmagani serialni chippakka chiqardi. Kamchiliklarga qaramay, serial personajga qiziqish uyg‘ota oldi va keyingi loyihaning katta muvaffaqiyatiga asos bo‘lib xizmat qildi.

Adam Uest
«Betmen», tv-shou, 1966
Adam Uest ijrosidagi Bryus Ueyn katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Aynan shu aktyor bugungi kunda qahramonning ajralmas qismiga aylangan jihatlarni yarata olgan. 1966 yilda chiqqan serial haqiqiy TV fenomeni bo‘lgan. 3 fasli chiqarilgan. Birinchi fasldan keyin xuddi shu aktyorlar ijrosidagi to‘liq film kinoteatrlarda namoyish etilgan. Bryus Ueyn va uning sherigi Dik Greson - Betmen va Robin niqoblarida jinoyat bilan kurashadi.

Maykl Kiton
«Betmen,1989»; «Betmen qaytmoqda, 1992»
Maykl Kiton yangi filmning kastingiga kelganida yetarlicha tanilgan komik edi. Unga o‘ziga xos jamoa to‘plashdi. Film rejissyori o‘zgacha dunyoqarashga ega bo‘lgan Tim Berton. Kiton ijrosidagi filmlar omadli chiqardi va butun dunyodan "Betmen"ning millionlab muxlislarini jalb qilardi. Filmda Jyek Nikolson yovuz Jokerni gavdalantirgan.

Vel Kilmer
«Betmen doimo», 1995
Vel Kilmer o‘zining "o‘yinchoqlari"ga ega yangi zamonaviy qahramon ko‘rinishida namoyon bo‘ldi. Filmda suratga tushgan paytida aktyor ijod cho‘qqisida va jismoniy jihatdan ko‘rkam bo‘lgan. Shu tufayli u komiks filmlar olamida eng sevimli aktyorlardan biriga aylandi.

Jorj Kluni
«Betmen va Robin» ,1997
1997 yilda Jorj Kluni Holivudda eng talabgir aktyor edi, bu film bilan bir qatorda u bir necha romantik komediyalarda ham suratga tushgan. U fanatlar ko‘klarga ko‘targan Vel Kilmerning o‘rniga kelgan. Shuning uchun ko‘p muxlislar nazarida Kluni ishonchni oqlay olmagan. Biroq filmda Arnold Shvartsneger va Uma Turman kabi yulduzlarning ko‘ringani vaziyatni yumshatdi.

Kristian Beyl
«Betmen: boshlanish», 2005; «Qora sipohiy», 2008; «Qora sipohiyning qaytishi», 2012
Kristian Beyl o‘zining rolga kirishib ketishi bilan mashhur. U nafaqat superqahramonga xos mushaklarga ega bo‘ldi, balki Bryus Ueynning shaxsiy fojiasini mahorat bilan ijro etgan. Bu filmlar uchligi rejissyor Kristofer Nolanga omad olib keldi.

Ben Afflek
«Betmen Supermenga qarshi: Adolat tongida», 2016
Komiksga Ben Afflekning tanlanishi muxlislarning ko‘plab noroziliklariga sabab bo‘ldi. Vajohatli Ben ko‘rkam Genri Kavelning oldida uncha ishonchli ko‘rinmaydi, ammo professional ijro hamda o‘nlab omadli kinolardagi tajribasi aktyorga kinematografik Betmenlar panteonining to‘laqonli a'zosi bo‘lishiga imkon yaratadi.

Top