17:43 / 06.04.2016
1516

YeChL o‘yinlarida «Barselona» raqiblariga eng ko‘p marta qizil kartochka ko‘rsatilgani qayd etildi

«Barselona» klubi YeChL doirasida «Atletiko»ga qarshi kechgan bahsda bir kishi kam bo‘lib qolgan raqibini 2:1 hisobida yengdi.

Uchrashuvning 35-daqiqasida madridliklar hujumchisi Fernando Torres maydondan chetlatildi va qolgan vaqt davomida kataloniyaliklar bir kishi ko‘p bo‘lib harakat qilishdi.

Torresning qizil kartochka olishi «Barselona» uchun YeChL doirasidagi uchrashuvlarda 30-marta raqibga nisbatan ko‘pchilik bo‘lib o‘tkazilgan o‘yinni o‘tkazishiga olib keldi. Bu borada 20talik ko‘rsatkich bilan «Bavariya» ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Keyingi o‘rinlarda «Arsenal» (18), «Real» va PSV (16), «MYu», «Portu», «Lion» hamda «Galatasaroy» (14) qayd etilgan.

Top