12:03 / 06.04.2016
3043

hp dunyoning eng ingichka noutbukini taqdim etdi

hp kompaniyasi anchadan buyon barchaning e'tiborini torta oladigan noutbuk yaratishga urinar edi. Endi u o‘zini shu maqsadiga erishgan, deb hisoblaydi.

Yangi Spectre 13 (yoki shunchaki hp Spectre) noutbuki 10,4 millimetr qalinlikka ega va u shu paytgacha ishlab chiqarilgan eng ingichka noutbukdir.

Asoschilar noutbukining qalinligi (10,4 millimetr) Apple MacBook (13,2millimetr) va MacBook Air (17millimetr)dan ingichka ekaniga urg‘u bergan holda uni makbuklarga to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatchi, deb hisoblashadi.

Ingichkaligiga qaramasdan hp Spectre 13 to‘laqonli i5 yoki i7 protsessoriga, 13.3" 1080p ekraniga, 8GB RAM va 256GB SSD baza modeliga ega.

Shuningdek, hp Spectre’da USB-C, uchta port (ikkitasida Thunderbolt imkoniyati bor) mavjud.

hp kompaniyasi vitse-prezidenti Mayk Neshning so‘zlariga ko‘ra, ushbu noutbukni yaratishda issiqlik tarqatish va quvvat manbai masalalariga alohida urg‘u berilgan.

Korpusining asosiy qismi to‘q kulrang alyuminiydan yasalgan. Chetlari bronza rangidan ishlangani ajoyib nur taratadi.

13 apreldan 25 aprelgacha hp yangi noutbuklariga 1 169,99 dollar narxida avvaldan buyurtmalar qabul qiladi. Bu buyurtmalar may oyida tayyor bo‘ladi. Xuddi shu may oyining 22-sanasidan boshlab Best Buy savdo tarmog‘ida 1 249,99 dollar narxda sotila boshlaydi.

Top