16:48 / 06.04.2016
1381

OAV: «Zenit» Pellegriniga yiliga 10 mln dollar to‘lashni ko‘zda tutuvchi 3 yillik shartnoma taklif qildi

«Manchester Siti» jamoasini boshqarib turgan Manuel Pellegrini «Zenit» jamoasi qiziqishlari doirasida qolmoqda.

El Mercurio nashrida yozilishicha, peterburgliklar klubi 62 yoshli chililik mutaxassisga 3 yillik shartnoma va yiliga 10 mln dollar maosh taklif qilmoqda. Taklif qilinayotgan maosh miqdori uning hozirgi jamoasidagidan 2 barobar ortiqni tashkil etadi.

Bundan tashqari, murabbiy turnirlardagi g‘oliblik uchun 2 million dollar mukofot olishi ko‘zda tutilgan.

Qayd etish kerakki, mavsum yakunida manchesterliklar jamoasidagi lavozimini tark etadigan murabbiy faoliyatini Angliyada davom ettirishni istamoqda.

Top