20:42 / 06.04.2016
1494

UYeFA ofisiga Shveytsariya politsiyasi kelib, ofshor mojarosi bo‘yicha tintuv o‘tkazdi

UYeFA ofisiga Shveytsariya politsiyasi keldi va tashkilotning sobiq bosh kotibi, hozirda FIFA prezidenti bo‘lgan Janni Infantinoning ofshor kompaniyalar mojarosiga aloqadorligi bo‘yicha paydo bo‘lgan ma'lumotni tekshirish uchun tintuv o‘tkazdi.

Bundan oldinroq, FIFAning yangi prezidenti Janni Infantino nomi ofshor hisob raqamlar haqidagi ma'lumotlar keltirilgan "Panama hujjatlari"da eslatib o‘tilgani haqida ma'lumot paydo bo‘lgandi.

Infantino imzosi UYeFA hamda ekvadorlik Ugo va Mariano Jinkislar o‘rtasida teletranslyatsiya huquqlarini sotish bo‘yicha shartnomalardan birida turgani aytilgandi. Jinkislar sport marketingi sohasida korrupsiya va FIFAdagi korruptsion mojaroga aloqadorliklari aniqlangan. Ular huquqni sotib olgach, uni asl narxidan 3 barobar qimmatroqqa sotgan.

UYeFA tashkilot vakillari tomonidan qandaydir qoida buzilishi amalga oshirilganini inkor qilgan.

Tekshiruv vaqtida politsiya UYeFA ofisidan tashkilotning shartnomalari nusxalari olib ketilgan.

UYeFA bu reyd bo‘lib o‘tgani haqidagi ma'lumotni tasdiqlagan va bu ish bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.

Top