12:35 / 06.04.2016
1371

Zinedin Zidan: «YeChLda yaqqol favoritlar yo‘q»

«Real» jamoasi bosh murabbiy Zinedin Zidan YeChL chorak finalida «Volfsburg»ga qarshi bugun bo‘lib o‘tadigan birinchi uchrashuv oldidan fikr bildirdi.

«Futbolda ozgina bo‘shashish mag‘lubiyatga olib kelishi mumkin. Bizni «Volfsburg»ga qarshi qiyin o‘yin kutib turibdi, ammo biz bunga yaxshi tayyorlandik. Shu bilan birgalikda diqqatimizni yo‘qotmasligimiz kerak. Hozir qiyin o‘yinlar davri boshlandi. Bu o‘yinlarning barchasi «Real» uchun muhim. Barcha o‘yinni final kabi qabul qilamiz.

YeChLdagi har bir o‘yin muhimdir. Bu turnirda yaqqol favoritlar yo‘q. «Barselona» ustidan qozongan g‘alabamiz futbolchilarning kayfiyatini ko‘tarishga xizmat qildi.

«Volfsburg» chorak finalga yetib kelishga haqli jamoa edi. «Bo‘rilar»ning bundesligada muammolari bor, ammo bu butunlay boshqa musobaqa, shuning bilan birga ularda motivatsiya ham o‘zgacha.

Isko va Xames Rodrigesmi? Men barcha o‘ynashini istayman, leyin maydonga faqat 11 futbolchini tushira olaman. Isko va Xames hali mavsum oxirigacha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishadi, men ularning salohiyatini yaxshi bilaman.

Serxio Ramos bir necha jarohatdan so‘ng eng yuqori formasiga yaqinlashib qoldi. U sardor, eng muhim o‘yinchilardan biri», - deydi Zidan.

«Volfsburg» va «Real» uchrashuvi bugun, Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.

Top