16:40 / 07.04.2016
1691

Eron prezidenti: Eron boshqa mamlakatlar uchun xavf solmaydi

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida Islom Respublikasi boshqa davlatlar uchun xavf manbai emasligini va o‘z mamlakati dunyodagi boshqa barcha mamlakatlar bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatish tarafdori ekani haqida gapirdi. Bu haqda Reyter agentligi xabar berdi.

Uning chiqishi Yadro texnologiyalari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan marosim chog‘ida irod etilgan.

«Eron boshqa mamlakatlar uchun xavf tug‘dirmaydi, tashqi siyosatda puxta o‘ylangan yondashuvga rioya qiladi va jahon bilan hamkorlikka intiladi», — degan u.

Yanvar oyida Erondan yadroviy dasturi uchun qo‘llangan sanksiyalar yechilgandi va shundan so‘ng davlat tashqi siyosatda faol harakat qila boshladi.

Bundan oldinroq, Eron Ozarbayjon va Rossiya bilan razvedka sohasida hamkorlik qilishi haqida xabar berilgandi.

Top