21:33 / 07.04.2016
1355

"Formula-1" rahbarlari jamoalarga 965 million dollar to‘laydi

"Formula-1" jamoalari joriy yilda poyga tashkilotchilaridan 965 mln dollarga yaqin oladilar, deb xabar bermoqda "Frans Press" axborot agentligi.

To‘lovlar martdan noyabrgacha 9 ta bosqichda amalga oshiriladi, 2017 yil boshida esa yana bir to‘lov amalga oshiriladi. Oxirgi to‘lovni amalga oshirishda jamoalarning oxirgi 3 yil ichidagi natijalari hisobga olinadi.

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, poyga tashkilotchilaridan eng ko‘proq pulni – 192 mln dollarni "Ferrari" jamoasi oladi. O‘tgan mavsumda Konstruktorlar kubogida g‘olib bo‘lgan "Mersedes" jamoasi 171 mln dollar, "Red Bull" – 144 mln, "Uilyams" – 87 mln, "Maklaren" – 82 mln, "Fors Indiya" – 67 mln, "Reno" – 64 mln, "Toro Rosso" – 57 mln, "Zauber" – 54 mln va "Manor" 47 mln dollar oladi.

Top