11:27 / 07.04.2016
1899

Jizzaxda "Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” targ‘iboti davom etmoqda

2016 yilning 4 aprelidan Jizzax viloyatining barcha ta'lim muassasalarida "Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” targ‘ibot tadbirlari boshlandi. Targ‘ibot tadbirlarining ilk kunida Jizzax shahridagi bir nechta ta'lim muassasalarining jami 11 ming nafarga yaqin o‘quvchi va talaba-yoshlar jalb etildi.

- Targ‘ibot tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 22 yanvardagi “Madaniy-ma'rifiy va targ‘ibot ishlarini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari rejasi” ijrosini doirasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashabbusi bilan Jizzax viloyat hokimligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim, Xalq ta'limi vazirliklari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, “O‘zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi, Yoshlar madaniyat va san'at markazi hamkorligida tashkil etilmoqda, - deydi viloyat hokimining o‘rinbosari E.Ismatov.

Targ‘ibot tadbirlari davomida yoshlarni vatanparvarlikka undovchi, tinchlik va osoyishtalikni ko‘z qorachig‘idek asrashga da'vat etuvchi, shuningdek g‘arazli g‘oyalar va turli kuchlarning jinoyatkorona harakatlarni fosh etuvchi “Gumrohlar”, “Sotqin”, “Balli Kamoliddin!”, “Shunqorlar” kabi badiiy filmlar, “Kim edigu kim bo‘ldik” mavzusidagi rolik Jizzax shahri, Arnasoy, Baxmal, Do‘stlik, G‘allaorol tumanlaridagi 49 ta umumta'lim maktablarida, 1 ta “Mehribonlik uyi”da, 20 ta kasb-hunar kolleji va 4 ta akademik litseylarda, 2 ta oliygohda, 1 ta madaniyat va aholi dam olish markazida namoyish etildi.

A.Binokulov “Kun.uz” muxbiri

Top