00:46 / 07.04.2016
2619

Marhum milliarderlarning bevalari qanday umr kechirmoqda

Nikoh marosimida kelin va kuyov bir-biriga o‘limdan boshqa hech nima ularni ayirmasligiga qasamyod qilishadi. Badavlat insonlarning hayotdan ko‘z yumishi esa sevimli ayoli haqida qayg‘urishiga to‘sqinlik qilmaydi. Daily Mail nashri Stiv Jobsning bevasi meros qolgan milliardlarni qanday tasarruf etganligi haqida hikoya qildi. Quyida shuningdek boshqa milliarderlarning beva rafiqalari qanday hayot kechirayotgani haqida so‘zlangan.

Olmalar va hayriya
Apple kompaniyasining asoschisi Stiv Jobs va Stenford universitetining bitiruvchisi Loren Pauell 1991 yilda birinchi iPod namoyishiga qadar turmush qurishadi. Loren ham Stiv kabi dzen-buddizmga qiziqqan va o‘z turmush o‘rtog‘ining murakkab dunyoqarashini ko‘tara oladigan kuchli xarakterga ega bo‘lgan. Ular 2011 yilda Stiv Jobsning saratondan vafot etguniga qadar birgalikda yashashdi. Ularning Erin, Yeva ismli qizlari va Rid ismli o‘g‘li bor.

2016 yilda Loren Pauell-Jobs Forbes jurnalining ma'lumotiga ko‘ra, dunyodagi eng badavlat ayollar orasida oltinchi o‘rinni egalladi. 52 yoshli bevaning moliyaviy holati 16.7 milliard dollarga baholangan.

Uning tasarrufida ikkita shaxsiy samolyoti (qiymati 58.8 million va 10 million dollarga teng), to‘rtta uy, 138 million qiymatdagi 80 metrli yaxta, Walt Disney Company va Apple aksiyalari bor.

Pauell-Jobsning asosiy kapitali aynan turmush o‘rtog‘idan meros bo‘lib qolgan Walt Disney Company va Apple aksiyalaridan kelib tushadi.

2006 yilda Disneydagi aktivlari qiymati ikki barobarga ortgan. Uning The Laurene Powell Jobs Trust fondi Uolt Disney kompaniyasining 7,8 foizlik aksiyalari bilan eng yirik aksionerlardan biri hisoblanadi.

Bevaning Appledagi ulushi kamroq bo‘lib, 560 million dollarni tashkil etadi.
Loren faqatgina Stiv Jobs yaratib bergan sharoitga qarab qolgan emas. 2015 yilning sentabr oyida XQ: The Super School Project loyihasiga 50 million dollar ajratdi. Bir necha oylardan beri ko‘plab mutaxassislar va tashabbuskorlar kelajak maktabi ustida ish olib borishmoqda.

Bundan tashqari, Jobsning bevasi biznesni ijtimoiy instrument sifatida foydalanishni tadqiq etuvchi Emerson Collective tashkilotiga asos soldi.

Kamtar bo‘lishga qaror qildi
Kimdir do‘konlarda pul sarflasa, kimdir esa ishlab topadi. Forbes jurnalining ma'lumotiga ko‘ra, dunyodagi eng boy ikkinchi ayol Wal-Mart asoschisi o‘g‘illaridan birining bevasi Kristi Uolton hisoblanadi. Xalqaro firma dunyodagi eng katta ulgurji savdo tarmog‘ini Walmart savdo belgisi ostida boshqaradi. Uning turmush o‘rtog‘i Jon misli ko‘rilmagan boylikni unga meros qilib qoldirib ketgan bo‘lsa-da, 66 yoshli Kristi Uolton Vayoming shtatidagi kichik bir shaharchada kamtarona hayot kechiradi.

Uning juda ham kamtar fe'l-atvori sababli turmush o‘rtog‘idan qolgan meros kamayish o‘rniga besh milliard dollarga ko‘paygan. Hozirda uning boyligi deyarli 37 milliardni tashkil etmoqda.

Yoshlarga yo‘l berdi
Shirinliklar qiroli va Ferrero kompaniyasining asoschisi Mikele Ferrero 17 milliardlik mablag‘i bilan o‘z mamlakatining eng badavlat fuqarosi sifatida Forbes jurnalining ro‘yxatiga kiritilgan.

2015 yil 14 fevral kuni Nutella shokoladi asoschisi Ferrero 90 yoshida vafot etdi. Uning barcha 22 milliard dollar boyligi turmush o‘rtog‘iga meros bo‘lib qoldi. Mariya Franka Fissolo kompaniyaning ishlariga unchalik qiziqmaydi va bunday mas'uliyatni o‘g‘li Jovannining zimmasiga yuklagan.

Davomchiga aylandi
2014 yilda Forbes Fontbona oilasini Janubiy Amerikadagi boyligi bo‘yicha to‘rtinchi eng katta oila deb tan oldi.

73 yoshli Ayris Fontbona 2005 yilda turmush o‘rtog‘i Andronikoning vafotidan so‘ng, qiyin tadbirkorlik sohalaridan biri bo‘lgan kon sanoatiga kirib qoldi. Turmush o‘rtog‘ining har doim yonida bo‘lib, birga ishlagani va maslahatlar bergani Ayrisga bu ishni boshqarishda yordam berdi. Uch o‘g‘ilning onasi 10 milliard dollar boylikka ega bo‘lib, dunyodagi eng katta mis konlaridan biri – Antofagastaga egalik qiladi. Bundan tashqari, turmush o‘rtog‘i asos solgan Quinenco firmasining bir qismi ham uning tasarrufida.

Top