18:00 / 07.04.2016
1676

Poroshenko Ukraina yevrointegratsiya yo‘lida sobit ekanini ma'lum qildi

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Ukraina assotsiatsiyasining Yevropa Ittifoqi bilan Niderlandiyadagi referendumi Yevropaga qo‘yilgan yo‘ldan qaytara olmasligini bildirdi. Bu haqda Ukraina prezidentining saytida ma'lum qilindi.

Bu bilan u referendumning dastlabki natijalariga izoh berdi.

“Yana takrorlayman – biz yevrointegratsiya yo‘lidan qaytmaymiz. Ukrainani, xuddi ozodlik singari to‘xtatib bo‘lmaydi”, - ta'kidladi Poroshenko.

Niderlandiyaliklarning 60 foizdan ortig‘i Ukrainaning YeI bilan assotsiatsiyaga birlashishiga qarshi ovoz berdi  

Top