12:04 / 07.04.2016
1441

Sampaoli: «Barselona» ustidan g‘alaba? Men «Real»ning nursiz o‘yinlaridan hayronman

Chili terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli Madridning «Real» jamoasi Ispaniya chempionatining 31 turida «Barselona» jamoasiga qarshi safarda kechgan derbi bahsida g‘alaba qozonganidan eyforiyaga berilmaganini bildirdi. Zinedin Zidan shogirdlari 2:1 hisobida g‘alaba qilishdi, qolaversa g‘alaba to‘pi kamchilik holatida kiritildi.

«Ha, «Real» kamchilik bo‘lib qolganidan keyin g‘alabaga erishdi. Lekin ular birinchi taymda jamoa futbolchilari o‘zlariga xos o‘yin namoyish qila olishmadi. Ular maydonga ruhsiz holda tushib kelishdi va raqibning harakatlaridan kelib chiqib o‘ynashdi… Bunday tarixga ega bo‘lgan jamoa bunday ko‘rinishi kerak emas. Menimcha, Zidan boshqacha futbol madaniyatiga mansub va u o‘yinni boshqacha his qiladi. «Real»ning nursiz o‘yinlari meni hayron qilmoqda. Bu jamoaga istak va maqsad yetishmayapti, xuddi «Barselona»ga qarshi o‘yinda bo‘lgani kabi. Rostini tan olish kerak, bu o‘yinda «Real»ning eng yaxshi futbolchisi darvozabon bo‘ldi», — deya Sampaolidan iqtibos keltiradi AS.

Top