12:00 / 07.04.2016
1430

Tailand malikasi Qirg‘izistonga keldi

Tailand malikasi Maxa Chakri Sirindxorn Qirg‘iziston tashrif buyurdi. RIA “Novosti” xabariga ko‘ra, bu malikaning mamlakat tarixidagi ilk tashrifi hisoblanadi.

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, tashrif doirasida davlat rahbariyati bilan uchrashuv hamda madaniy-tanishtiruv dasturi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Maxa Chakri Sirindxorn rasmiy tadbirlar dasturi doirasida Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev va uning rafiqasi bilan ham uchrashadi.

Tailand malikasiga Balasagin nomidagi Qirg‘iziston milliy universitetining professori faxriy unvoni taqdim etiladi. Malika Konfutsiy instituti faoliyati, shuningdek, Aytiyev nomidagi Tasviriy san'at milliy suzeyi ko‘rgazmalari bilan tanishadi.

Top