08:46 / 08.04.2016
11940

Aktrisa Enn Heteuey o‘g‘il ko‘rganini OAVdan yashirgani ma'lum bo‘ldi

"Oskar" mukofoti laureati, amerikalik aktrisa Enn Heteuey o‘g‘il farzand tuqqan. Bu haqda o‘z manbasiga asoslangan holda E! News xabar bergan.

Aktrisa 24 mart kuni Los-Anjyelesda farzandligi bo‘lgani, tug‘ilgan chaqaloqqa Jonatan Rouzbenks ismi berilgani, u va turmush o‘rtog‘i Adam Shulman bu yangilikni 2 hafta mobaynida OAVdan sir saqlab kelgani ma'lum qilindi.

Juftlikning birinchi farzandi mutlaqo sog‘lom ekani va Los-Anjyelesda, oila davrasida ekani aytilgan.

Aktrisa o‘zining homiladorligini ommadan yashirmagandi va yaqinda ona bo‘lishini xursandchilik bilan ma'lum qilgandi.

Aktrisa Adam Shulman bilan 2008 yildan uchrasha boshlagan. Ular 2011 yilda unashtirilganliklari haqida ma'lum qilishgan. Juftlik 2012 yilning 29 sentabrida Kaliforniyadagi Big-Syur shaharchasida nikohdan o‘tishdi.

Enn Xeteuey aktyorlar oilasida dunyoga kelgan va bolaligidan rollar ijro eta boshlagan. Unga ilk mashhurlikni 2001 yilda suratga olingan "Malikaning kundaligi" filmi keltirgan.

Xeteuey 2013 yilda Viktor Hyugo romani asosida suratga olingan "Quvilgan" myuziklida Fantina roli ijrosi uchun "Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa" nominatsiyasida "Oskar"ga sazovor bo‘lgandi.

Top