16:12 / 08.04.2016
5952

Google qidiruv portalini yana rasizmda ayblashdi

Internet foydalanuvchilari professional hair (professional soch turmagi) va unprofessional hair (noprofessional soch turmagi) qidiruvlari berilganda Google qanday natijalarni taqdim etishini o‘rganib chiqishdi.

Ma'lum bo‘lishicha, birinchi qidiruvda portal asosan oq tanli ayollarning suratlarini, ikkinchisi bo‘yicha esa qora tanli ayollarning suratlarini taqdim etar ekan. Bu holatga The Guardian nashri e'tibor berdi.

Google algoritmining o‘zi suratlarni mustaqil ravishda kamdan-kam tahlil qiladi. U yoki bu suratni izlash davomida eng avvalo, foydalanuvchilar qanday tasvirlashlariga yo‘naladi.

Taxminlarga ko‘ra, unprofessional hair (noprofessional soch turmagi) qidiruvi bo‘yicha Google tasvirlarni an'anaviy soch turmaklarini, masalan, jingalak, o‘rim va dred soch turmaklari naqadar noprofessional bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi mavzular muhokama etilgan blog va maqolalardan olgan. Shuningdek, unga illyustratsiya sifatida asosan qora tanli ayollarning suratlari aks ettirilgan. Chunki bunday soch turmaklari aynan qora tanli ayollarga xos.

Top