17:48 / 08.04.2016
1605

Gretsiya mamlakatning eng yirik portini Xitoyning Cosco kompaniyasiga sotmoqda

Gretsiya bosh vaziri Aleksis Tsipras Gretsiya xususiylashtirish agentligi raisi Stergios Pitsiorlas va Xitoyning Cosco kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Syuy Lijun, yunon yurtidagi eng yirik Pirey portini 419 million dollarga sotish to‘g‘risidagi bitimni imzolashdi. Bu haqda Kathimerini xabar bergan.

Bu bitimni imzolash marosimi Afina shahrida bo‘lib o‘tgan. Shartnoma talablariga ko‘ra, Cosco portning 51 foiz aksiyalariga egalik qila boshlaydi. Besh yildan so‘ng, portga 350 million yevro (salkam 400 mln dollar) sarmoya kiritgach, yana 16 foiz aksiyalarga egalik qila boshlaydi.

Top