18:58 / 08.04.2016
1861

Instagramda "ayg‘oqchi-it" mashhur bo‘ldi

Sayrus laqabli, 2 yoshli it unga g‘amxo‘rlik qiluvchi Loren Birnini poylashni yaxshi ko‘radi. Kuchukka xo‘jayinining qayerda nima bilan mashg‘ulligini bilish juda qiziq.

Ba'zan Loren Sayrusni “tutib” oladi. U poyloqchi kuchugining suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishadi.

Sayrus mebeldan pana joy sifatida foydalanyapti.

U gullar ortiga ham berkinishi mumkin.

Ba'zan ayg‘oqchi-kuchuk o‘z rangiga o‘xshash joylarga berkinib oladi. Masalan, ko‘chadagi butalar orasiga.

Birnining oilasida boshqa uy jonivorlari ham bor. Ularning Sayrus bilan iliq munosabatda.

Lekin ayg‘oqchilik Sayrusga ko‘proq yoqadi. U sahardan o‘z poyloqchiligini boshlaydi.

Top