17:45 / 08.04.2016
1852

"Paxtakor" jamoasi ilk o‘yinini o‘tkazganiga 60 yil to‘ldi

1956 yilning 8 aprel kunida "Paxtakor" jamoasi o‘zining ilk rasmiy uchrashuvida maydonga tushgandi.

Dastlabki uchrashuvlarini jamoa Toshkentning eski shahar qismida joylashgan "Spartak" stadionida o‘tkazgan. "Paxtakor" stadioni 1956 yilning avgust oyida ishga tushirilgan.

Birinchi rasmiy bellashuv ikkinchi liganing "B" klassi doirasida 1956 yilning 8 aprel kuni o‘tkazilgan. Unda Perm viloyatining Molotov shahri jamoasi bilan to‘qnash kelgan "Paxtakor" 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.

"Paxtakor" - Perm shahri jamoasi - 1:0 (1:0). "Spartak" stadioni.
"Paxtakor": Volostnov, Azizxo‘jayev, Kozenkov, Vitkalov, Tazetdinov, Muqimov, Kaprov, Maqsudov, Kanunnikov, Murashov, Borkin.
Gol: Maqsudov, 44-pen.

Hozirga kelib "sherlar" jamoasi 11 martadan ichki chempionatda va mamlakat Kubogida zafar quchib, O‘zbekistonning eng sovrindor jamoasiga aylangan.

"Paxtakor"ning 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar yil davomida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Top