12:17 / 08.04.2016
4252

Piyoda yurish, yugurish yoki raqsga tushish: bularning barchasi miya faoliyati uchun juda foydali

Bugungi kunda odamlar uzoqroq yashaydilar, lekin yosh o‘tgan sari aqliy salohiyatning kamayib borishi bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ladi. Ba'zi tadqiqotlarga ko‘ra, aqliy zaiflik bilan kasallanish kelasi 35 yilda uch barobar ko‘payadi. Bunday ayanchli hodisaning oldini olish maqsadida The Journal of Alzheimer’s Disease jurnali quyidagilarni tavsiya etadi: muntazam piyoda yurish, velosipedda uchish, suvda suzish, raqsga tushish va hattoki bog‘da mehnat qilish. Bular Altsgeymer kasalligiga chalinish ehtimolini sezilarli ravishda kamaytirishi qayd etilgan.

Mashqlar katta yoshlilarning aqliy faoliyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Kaliforniya, Los-Anjyeles va boshqa institutlarning Yurak-qon tomirlar tadqiqot markazi yordamida 1989 yildan beri olib borgan tadqiqotida deyarli 6000 nafar katta yoshli erkak va ayol qatnashgan. Ular turmush tarzlari va jismoniy faolliklari to‘g‘risidagi anketani to‘ldirib borishgan va miyani skaner tasviriga tushirishgan.

Skaner tasviri shuni ko‘rsatdiki, faol insonlarning miyasida boshqa tengdoshlaridan ko‘ra kul rang moddaning ko‘proq ekan, bu miyaning xotira va fikrlash uchun javob beruvchi qismlarida kuzatiladi. Neyronlardan iborat kul rang modda qancha ko‘p bo‘lsa, miya faoliyati uchun shuncha yaxshi. Faol hayot tarzi olib boruvchi kishilarda Altsgeymer kasalligiga chalinish xavfi 50 foizga kamayadi.

Miya salomatligini saqlash uchun imkon doirasida jismoniy jihatdan harakatchan bo‘lish yaxshi fikr.

"Agar biz uzoq yashashni, shu bilan birga xotiralarimizni saqlab qolishni istasak, u holda harakatchan bo‘lishimiz va faol turmush tarzi olib borishimiz kerak", dedi tadqiqot rahbari doktor Raji.

Top