20:55 / 08.04.2016
1948

Qibrayda 300 tup mevali daraxt ekildi

O‘zbekiston ekologik harakati faollari Qibrayda "Sog‘lom atrof-muhit – kelajak asosi" tadbiri doirasida 300 tup meali daraxt ekdilar, deb xabar bermoqda "Ekonomicheskoye obozreniye" jurnali.

Ekoharakat matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, tadbir Azimar Juice bog‘lari hududida "ekologik vaziyat barqarorligini ta'minlash" maqsadida o‘tgan.

Ekologik harakat yaratilgandan boshlab 120 gektar maydonga 31 mingga yaqin mevali va dekorativ o‘simliklar ekilgan.

Top