16:39 / 08.04.2016
1398

Reuters: Livanda sobiq vazirga 10 yillik qamoq jazosi tayinlandi

Livan mahkamasi respublikaning sobiq informatika vaziri Mishel Samah ishi yuzasidan hukm chiqardi. U portlovchi moddalar kontrabandasi va Livan hududida terroristik xurujlarni rejalashtirishda aybdor deb topilgan va 9 yil-u 9 oylik qamoq jazosiga mahkum etilgan.

"Samah 2012 yil avgustida qo‘lga olingan, uning ishi bo‘yicha mahkama jarayoni takroran o‘tkazildi", deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

O‘tgan yil may oyida sobiq vazirga 4,5 yillik qamoq jazosi tayinlangan, ammo keyinchalik, shu yilning yanvar oyida garov puli evaziga qo‘yib yuborilgandi.

Aytish joizki, 2012 yil dekabrida AQSh hukumati Samahni, Livan hududida qo‘poruvchilik harakatlarini uyushtirgani uchun, xalqaro terrorchilar ro‘yxatiga kiritgan edi.

Top