12:19 / 08.04.2016
1431

Sinayda portlash yuz berishi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi

Sinay yarimorolida portlash yuz berib, 7 kishi halok bo‘ldi va 15 kishi jarohatlandi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Xabar qilinishicha, portlashlar masofadan turib boshqariladigan detonator orqali sodir etilgan. Natijada 5 askar va bir zobit, shuningdek tinch aholi vakili bo‘lgan bir ayol halok bo‘lgan.

Bu portlash uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.

Top