10:28 / 08.04.2016
3440

Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni targ‘ib qilish bo‘yicha ssenariylar tanlovi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan “Atrof-muhitni muhofaza qilishda, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda aholi, nodavlat notijorat tashkilotlarining faolligini oshirish” mavzusida qabul qilingan grant shartnomasiga asosan, 2015 yilning 5 noyabridan 15 dekabriga qadar “Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni targ‘ib qilishga qaratilgan ijtimoiy video-roliklar” ssenariylari tanlovi tashkil etildi.

Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarni tabiiy hamda energo resurslardan oqilona foydalanishga chaqirish, hukumat tomonidan ushbu sohada amalga oshirilayotgan tadbirlardagi ishtirokida faolliklarini oshirish, yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar va ulardan unumli foydalana olish mas'uliyatini yoshlar o‘rtasida targ‘ib etish, ularning dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish orqali ma'naviy barkamol shaxs bo‘lib yetishishlari hamda jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlarida ko‘maklashish, iqtidorli, ijodkor yoshlarni rag‘batlantirish, qo‘llab-quvvatlash hamda ularning o‘z aql-zakovatini namoyon etishiga ko‘maklashishdan iboratdir.

Tanlov shartlariga asosan ishtirokchilar tanlov Nizomida keltirilgan mavzular qamrovi bilan chegaralangan holda, kelajakda sharh.uz veb-sahifasi tahririyati tomonidan suratga olinishi imkoniyatini hisobga olib, ijtimoiy video-rolik ssenariylari loyihalarini yuborishlari talab etilgan edi.

Tanlov yakuni bo‘yicha jami 11 nafar ishtirokchi tomonidan 14 dona ssenariylar tanlovga ishtirok etish uchun, Nizomga muvofiq, belgilangan muddatlarda baholovchi ekspertlar uchun taqdim etildi.

Baholash yakuniga ko‘ra, ekspertlar guruhi tomonidan, Nizomda keltirilgan baholash me'zonlari, shu bilan bir qatorda keyinchalik tasvirga olish jarayonidagi texnik va texnologik omillari, moliyaviy imkoniyatlarni inobatga olgan holda, hisoblab chiqarilgan umumiy ballarga asosan Avazbek Islamov tomonidan taqdim etilgan “Suv resurslaridan oqilona foydalanish” hamda Farrux Xo‘jamqulov tomonidan taqdim etilgan “Ona tabiatni asrang” mavzularidagi ijtimoiy video rolik ssenariylari g‘olib deb topildi. Shuningdek, Iroda Mamadrahimova tomonidan yo‘llangan “Bros Prirode Spasatelnyy Krug” nomli ssenariy rag‘batlantiruvchi o‘ringa loyiq deb topildi.

G‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi joriy yilning 7 aprel kuni kuni Toshkent shahridagi Respublika Baynalminal madaniyat markazida bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosimda tanlov ishtirokchilari va hamkorlarining mutasaddi vakillari ishtirok etdilar. G‘oliblarga sharh.uz veb-sahifasi tahririyatining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Top