23:41 / 09.04.2016
1371

AQSh Suriyaga yana 250 nafar harbiy yuborishni rejalashtirmoqda

AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati Suriyada harbiy ishtirokini kengaytirish imkoniyatini muhokama qilmoqda, deb xabar bermoqda Pentagondagi manbaga iqtibos keltirgan holda CNN telekanali.

Taxmin qilinishicha, AQSh Suriyaga mamlakatning muholifatiga maslahat ko‘magini berish maqsadida 250 nafar harbiy yubormoqchi.

Bu qadam Raqqa va Mosulni IShID terrorchilaridan ozod qilish maqsadida suriyalik isyonchilarning bu shaharlarga hujumini tayyorlash bilan bog‘langan.

Top