07:34 / 09.04.2016
1372

Bin Lodinni o‘ldirganini ta'kidlovchi harbiy mast holatda mashina haydagani uchun hibsga olindi

"Al-Qoida" yetakchisi Usama bin Lodinni shaxsan o‘zi o‘ldirganini tasdiqlovchi, AQSh qurolli kuchlarining sobiq dengiz piyoda askari Robert O'Nil AQShda mast holatda mashina haydagani uchun hibsga olindi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Byutt shahridagi do‘konga kirgan xaridorlar dvigateli yoqilgan avtomobil ruli oldida uxlab yotgan erkakni ko‘rgach politsiyani chaqirtirishgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar mashina ichida, o‘zini nojo‘ya tutishni boshlagan Robert O'Nilni aniqlashgan.

"U bizning kelganimizdan hayratlandi. Uning xatti-harakatlari go‘yoki u qandaydir modda ta'sirida bo‘lgandek ko‘rindi", deb aytdi sherif yordamchisi Jorj Shkuletich.

O'Nil o‘z navbatida spirtli ichimlik iste'mol qilganini inkor qilgan va chalkash ko‘rsatmalar bera boshlagan. Erkak unga shifokor yozib bergan dori ta'sirida uxlab qolganini aytgan.

O'Nil qonining alkogolga tahlili u spirtli ichimlik iste'mol qilganini ko‘rsatgan. Politsiyachilar shundan keyin uni politsiya bo‘limiga olib borishgan va unga mast holatda avtomobil boshqarish ayblovini qo‘yishgan.

Ikki yil avval O'Nil OAVga 2011 yil mayida AQSh maxsus kuchlarining Pokistonda o‘tkazilgan operatsiyasi vaqtida shaxsan o‘zi bin Lodinni otib o‘ldirganini aytgandi.

Top