10:57 / 09.04.2016
1361

Boston sudi Apple’ga jinoyatchining smartfonini ochish berish majburiyatini qo‘ygani ma'lum bo‘ldi

Boston sudi Apple’ga AQSh huquq-tartibot muassasalariga jinoiy guruhning a'zosi bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxsning smartfonini ochib berishda yordam berish majburiyatini qo‘ygani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. Ushbu qaror fevraldayoq qabul qilingan bo‘lib, 8 apreldagina sud hujjatlari oshkor qilindi.

"Texnik yordam qurilmadagi ma'lumotlarni imkoni boricha bus-butun olish, ularni diskka yoki boshqa axborot tashuvchiga ko‘chirish va uni huquq-tartibot muassasalariga topshirishdan iborat edi", deyilmoqda Boston sudi bayonotida.

Fevralda "olma" kompaniyasi San-Bernardinoda terakt uyushtirgan terrorchilardan biriga tegishli iPhone’ni ochib berishdan bosh tortgandi.

Top