14:16 / 09.04.2016
3217

E-yoshlar.uz tomonidan Sohibqiron tavalludiga bag‘ishlab aksiya tashkil etildi

9 aprel Amir Temur tavalludining 680 yilligi hamda Sohibqiron Movarounnahr hukmdori deb e'lon qilinganining 646 yilligi munosabati bilan tashabbuskor talaba-yoshlar tomonidan maxsus aksiya tashkil etildi. Ushbu loyihada “E-yoshlar.uz” sayti faol yoshlari ishtirok etishmoqda. Mazkur aksiya uch qismdan iborat bo‘lib, dastlab ijtimoiy tarmoqlar orqali Amir Temur hamda temuriylar haqida ma'lumotlar tarqatish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, 2-qismda Amir Temurning hikmatlari, shuningdek, Sohibqiron haqida mashhur shaxslarning fikr va e'tiroflari qayd etilgan postlar joylashtiriladi. So‘nggi qismda esa yurtimiz bo‘ylab aksiya doirasida olingan fotosurat, videolavha va yurtdoshlarimizning ushbu sanaga munosabatlari virtual olam kuzatuvchilari e'tiboriga havola etilmoqda. Maqsad buyuk bobomizga nisbatan yoshlar qalbida vorislik hissi va milliy g‘ururni yanada jo‘sh urdirish hamda ushbu sanani jahon yoshlari bilan keng nishonlashdan iborat.

Mazkur aksiyani bugun kun davomida ijtimoiy tarmoqlar va messenjyerlar orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Loyihada Siz ham faol ishtirok etishingiz mumkin!

Top