10:13 / 09.04.2016
1495

Isroil hukumati o‘z fuqarolarini teraktlar xavfi tufayli Turkiyani tark etishga chaqirdi

Isroil hukumati minglab isroilliklar odatga ko‘ra xorijiy safarlarda o‘tkazadigan yahudiylarning Pesax (Pasxa) bayrami arafasida o‘z fuqarolarini Turkiyada yangi teraktlar yuz berishi mumkinligidan ogohlantirdi.

"Vaziyatni baholash natijalariga ko‘ra biz Turkiyada yuqori xavf darajasi borligini tasdiqlaymiz va ungi e'tiborimizni qaratamiz. Bu davlatda teraktlar xavfi mavjud. Biz bunday xavf Turkiyaning barcha sayyohlik obektlarida mavjudligini ta'kidlab o‘tamiz", deyilmoqda Isroil hukumati bergan xabarda.

Isroilliklarga Turkiyaga bormaslik, u yerda bo‘lganlarga esa u yerni zudlik bilan tark etish tavsiya qilinmoqda. Isroil Milliy xavfsizlik kengashi uch hafta oldin, Anqaradagi portlashlar va Istanbulda "yuqori terakt xavfi" darajasi e'lon qilingandan keyin ham bunday ogohlantirish qilgan edi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Pesax (Ozodlik) bayrami yahudiylarning eng katta bayrami bo‘lib, yahudiy taqvimi bo‘yicha nisan oyining 14 kunidan boshlab 7 kun davomida Isroilda va 8-kun Isroildan tashqarida bayram qilinadi. Bu yili bayram 22 apreldan 30 aprelgacha davom etadi.

Manba: kp.ru

Top