09:33 / 09.04.2016
1281

Jangarilarning Halabga hujumi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi

"Jibhad an-Nusra" terrorchilik guruhining Halabdagi Shayx Maqsud dahasiga uyushtirgan navbatdagi hujumi oqibatida tinch aholining 18 vakili halok bo‘ldi.

Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligining bayonotida aytildi.

"Jibhad an-Nusra" terrorchilik guruhi jangarilari Halab va uning atrofidagi shaharlarda jangovar harakatlarini to‘xtatmayapti. Jangarilar tomonidan Shayx Maqsud dahasini bosib olishga urinish vaqtida minomyot bilan o‘qqa tutish oqibatida tinch aholi orasidan 18 kishi halok bo‘ldi va 61 kishi jarohat oldi", deyilmoqda xabarda.

Avvalroq ham shu dahaga hujum oqibatida 20 ga yaqin kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Top