17:49 / 09.04.2016
1598

Lyuk Besson "Kursk" suvosti kemasi xaqida film suratga olmoqchi

Frantsuz kinorejisseri Lyuk Besson Rossiya harbiy dengiz kuchlarining 2000 yil avgustida halokatga uchragan "Kursk" atom suvosti kemasi haqida kinokartina yaratish niyatida.

RF mudofaa vazirligi madaniyat boshqarmasi rahbari Anton Gubankovning "Exo Moskvy" radiosiga bergan intervyusida aytishicha, Lyuk Besson ularga murojaat qilib, filmni suratga olishda qo‘mak berishlarini so‘ragan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin orada Rossiyaga, suratga olish maydonlari bilan tanishish maqsadida fransuz delegatsiyasi tashrif buyuradi. Gubankovning aytishicha, mudofaa vazirligi ushbu loyiha bo‘yicha hamkorlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, atom suvosti kemasi Shimoliy flotning Barents dengizida o‘tkazgan o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida 2000 yil 12 avgustida 108 metr dengiz tubida halokatga uchragan edi. Uning ichidagi 118 nafar kishining barchasi halok bo‘lgan.

Rossiya prezidenti farmoniga ko‘ra, kema kapitaniga o‘limidan so‘ng, Rossiya qahramoni unvoni berilgan, qolgan harbiy dengizchilar "Mujyestvo" ordeni bilan mukofotlangan.

Top