14:49 / 09.04.2016
1507

O‘zbekiston TIVda AQSh davlat kotibi yordamchisi o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2016 yilning 9 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha AQSh Davlat kotibi yordamchisi o‘rinbosari Daniyel Rozenblumni qabul qildi. Bu haqda Respublika tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holatlari va istiqbollari, jumladan, O‘zbekiston-AQSh siyosiy maslahatlashuvlari va O‘zbekiston delegatsiyasining 2016 yil yanvar oyida Vashington shahrida o‘tkazgan muzokaralari natijalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni barqaror rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi qayd etildi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Suhbatda AQSh elchisi Pamela Leora Spratlen ishtirok etdi.

Top