10:16 / 09.04.2016
1462

Panama prezidenti: Fransiyaning ofshor masalasidagi qarori xato bo‘ldi

Panama prezidenti Xuan Karlos Varela rasmiy Parijning mamlakatni hamkorlik va muzokaralar olib borilmaydigan mamlakatlar ro‘yxatiga qo‘shishi xato va noto‘g‘ri ish bo‘ldi. Bu haqda AFP agentligi xabar bermoqda.
“Men barcha narsani ochiq-oydin bo‘lishini xohlayman. Mamlakat rahbarlari bilan muzokaralar boshlanay deb turgan bir vaqtda Fransiya hukumatining qabul qilgan qarori noto‘g‘ri va keraksiz bo‘ldi”, — dedi prezident jurnalistlarga.
Avvalroq Fransiya moliya vaziri Mishel Sapen Yevropa mamlakatlari Panamani ofshor hududidagi “qora ro‘yxat”ga kiritishganini ma'lum qilgan edi. Mamlakat bu “ro‘yxat”dan 2011 yilda o‘chirilgan edi.

Top