09:00 / 09.04.2016
2365

Riga Jazz 2016 xalqaro tanlovi superfinaliga chiqqan Sabina Mustayevaga ovoz berishingiz mumkin

Rossiyaning Birinchi kanalida efirga uzatilgan "Golos. Deti" musiqiy loyihasining 2-mavsumi g‘olibasi, iqtidorli o‘zbekistonlik yosh qo‘shiqchi Sabina Mustayeva Rigada bo‘lib o‘tayotgan jazz ijrochilarining Riga Jazz 2016 xalqaro tanlovi finaliga chiqdi. Bu haqda My Day nashrining feysbukdagi sahifasida ma'lum qilindi.
Hozirda ushbu tanlovning g‘olibini aniqlash uchun onlayn ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tmoqda. Uning natijalariga ko‘ra yosh ijodkor navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritishi mumkin. Buning uchun ushbu (http://www.tele2.lv/en/jazz/) havolaga o‘tib, Sabinaga ovoz berishingiz mumkin. Yosh ijodkorni qo‘llab-quvvatlashda hissangizni qo‘shing!

Top