22:57 / 09.04.2016
1918

Tailandda valiahd shahzoda tanqid qilingan Marie Claire jurnali soni yo‘q qilindi

Tailandda mamlakat valiahd shahzodasi tanqid qilingan Marie Claire jurnali soni taqiqlandi, deb xabar bermoqda Sky News nashri.

Ta'kidlanishicha, jurnalning 2015 yil noyabrda chop etilgan shu soni politsiya tomonidan muomaladan musodara qilindi va yo‘q qilindi.

Politsiyaning ta'kidlashicha, jurnalda Tailand taxtining merosxo‘ri, valiahd shahzoda Maxa Vachiralongkorn tanqid qilingan, u haqdagi maqola esa “milliy xavfsizlik, tinchlik va tartib, xalq ma'naviyatiga putur yetkazadi”.

63 yoshli Maxa Vachiralongkorn Tailand qiroli Pxumipon Adulyadet va qirolicha Sirikitning yolg‘iz o‘g‘li hisoblanadi.

Top